TDIUda modalar va rassomchilik ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari munosib ishtirok etdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida modalar va rassomchilik ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada iqtidorli talaba-yoshlar ijodi aks etgan, turli janrda chizilgan 100 ga yaqin suratlar namoyish etildi va munosib baholandi.
“Modalar namoyishi”da universitet talaba-qizlari faol ishtirok etdi va 100 dan ziyod milliy, klassik hamda zamonaviy uslubda tikilgan liboslar namoyish etildi.
Mazkur chiqishlarda faol ishtirok etgan talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi