TDIUda Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun keng nishonlandi.

Mazkur tadbirda TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturining Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalari faol ishtirok etishdi.
1989-yil 1-dekabr – Qoraqalpog‘iston tarixidagi muhim sanalardan biri. Ayni shu kuni Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham ushbu kun professor o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokida keng nishonlandi.
Bayram tadbirida qoraqalpoq milliy taomi hisoblangan “Juo’eri gurtuk” taomi pishirildi. Qolaversa, dasturxonga qoraqalpoq milliy taomlari hisoblangan “Iyjan”, “Taqan”, “Maysok”, “Bao‘rsaq” “Zag‘ara” va boshqa tansiq taomlar tortildi.
Tadbirga universitet talabalari bilan birgalikda Toshkent shahrida joylashgan bir qator Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar ham taklif qilindi