Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati doimiy an’anaga muvofiq, talabalar bilan uchrashdi. Unda universitetning Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori professor M.Eshov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Birinchi prorektor professor Sadirdin Xudoyqulov, Yoshlar ittifoqi Kengashi raisi PhD Shohrux Boymurodov hamda mas’ullar, universitetning 1, 2, 3-kurs talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv ochiq, shaffof va samimiy tarzda bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, masalalar bilan rahbariyatga murojaat qildi.
Xususan, o‘quv jarayonlari, professor-o‘qituvchilar, davomat, sport zali, fan olimpiadalari, universitetni QS reytingiga kiritish va shu kabi ko‘plab muammolar muhokama markazida bo‘ldi.
TDIU rahbariyati barcha masalalarni mas’ullar bilan joyida o‘rganib, muhokama qildi va aksariyatiga yechim topdi. Vaqt talab etiladiganlarini esa mas’ullarga topshiriq sifatida yo‘naltirdi.
Bu kabi tabdirlarning ahamiyati shundan iboratki, universitetda muhit yaxshilanishi va rahbariyat bilan talabalarning yaqinlashuvi, muammolar hal bo‘lishiga erishiladi.