Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Kafedra haftaliklari” rejasiga muvofiq “Mirzo Ulug’bekning 630 yilligi” munosabati bilan o`tkazilgan davra suhbati

Bugun  TDIU-Pendidikan xalqaro qo`shma  ta`lim bo`limi maruzalar zalida buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning 630 yilligi munosabati bilan “Mirzo Ulug‘bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi” mavzusida  davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini  TDIU-Pendidikan qo`shma ta`lim bo`limi boshlig`i S.Yangiboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi “Buyuk qomusiy olim, Temuriylar davlatining mashhur hukmdori Mirzo Ulug‘bek o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan yurtimiz  taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siymo” hisoblanishi haqida so‘z yuritdilar.

So`z navbati shoir, Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, “Oltin    qalam ” mukofoti sovrindori ikkinchi darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni sohibi Dilshod Rajab ga berildi.

“Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) – buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.  Bobosi Sohibqiron Amir Temur singari Koʻragon – “xonning kuyovi” unvoniga ega boʻlgan Mirzo Ulugʻbek tarixda buyuk Oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi sifatida nom qoldirdi. Uning eng buyuk ishi – Samarqand ilmiy maktabini, oʻsha davr akademiyasini barpo etgani boʻldi.

Quyida Mirzo Ulugʻbek hayoti va faoliyatiga oid ayrim qiziqarli faktlar keltirildi. Buyuk allomaning ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi va  astronomiya sohasida qo’lga kiritgan yutuqlari shuningdek, hayot yo’li hamda adabiy merosi va uning bugungi ilm-fan taraqqiyotidagi amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

Ulug‘bekning boy ilmiy merosi u faqatgina buyuk musulmon o‘g‘loni bo‘lmaganligini tasdiqlaydi. Ijodiy tafakkur dahosi butun insoniyat ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan. Shu sababli, ko‘p asrlar o‘tib, hatto bugun ham Ulug‘bekning ismi savob maqsadlarga erishish niyatida Sharq va G‘arb xalqlarini birlashtirgan timsol bo‘lib qolishi haqida takidlab o’tdilar.

Tadbir davomida, olimning izchil faoliyati va madaniy merosi bugungi yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, tarixiy merosni qadrlash va yuksak maqsadlarga intilishga ilhomlantirishi alohida ta’kidlandi.

Aytish joizki mehmonimiz Dilshod Rajab  Mirzo Ulug`bek bobomiz haqida biz bilmagan 12 haqiqat bilan bo`lishdilar.