Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim dasturi bo’limi tomonidan “Beshta muhim tashabbus” doirasida universitet talabalar turar joylari va sport majmualarida oʼtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Bugungi kunda talaba yoshlarimizni maʼnaviy-maʼrifiy va ruhiy kamol toptirish har-birimizning oldimizda turgan ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirilishida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” muhim ahamiyat kasb etadi.

2023 yil 1 aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti TDIU-Pendidikan xalqaro qoʼshma taʼlim dasturi boʼlimi tomonidan universitet talabalar turar joylarida yashovchi talabalar ishtirokida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, Tabiat qoʼynidagi piknik, jonli kontsert, karaoke. Shuningdek, universitet 3-TTJ xovlisida sportning voleybol, stol tennisi, badminton shaxmat-shashka aremvrestling turlari boʼyicha talaba yigit va qizlariga musoboqalar tashkil etildi.

Tashkil etilgan barcha tadbirlar koʼtarinki ruhda boʼlib oʼtdi.