TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI – PENDIDIKAN QO`SHMA TA`LIM DASTURI BO`LIMI XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO’YICHA MASLAHAT KENGASHI TOMONIDAN TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI QIZLAR BILAN O‘TKAZILGAN DAVRA SUHBATI

2024-yil 16-oktabr kuni TDIU xotin-qizlar masalalari boʻyicha kengash raisi Gulnora Ibragimova hamda TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim dasturi bo’limi xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi F.Xoldarova bilan hamkorlikda TDIU-Pendidikan xalqaro qo’shma ta’lim dasturi bo’limi 7-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar holidan habar olindi.
Navbatdagi tashrif davomida, qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Tashrif davomida qizlarning yashash sharoitlari, bo’sh vaqtlarida qanday mashg’ulotlar bilan band ekanliklari va muammolari o’rganildi.
TTJda Kuz-qish mavsumiga tayyorligi ko’zdan kechirildi.
Xususan, talaba-yoshlarga yong‘in xavfsizligi, is gazi va botulizm kasalligi va uni oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borilib, zarur tavsiyalar berildi. Isitish tizimlari ko‘zdan kechirilib, is gazi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar bo‘yicha hayotiy misollar keltirildi, talabalarga ushbu masalada juda e’tiborli bo‘lishlari zarur ekanligini alohida uqtirib o‘tildi.