Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Pendidikan xalqaro qo`shma ta`lim dasturi bo`limi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi mazmunli uchrashuv

Joriy yilning 4-iyun kuni TDIU Pendidikan xalqaro qo`shma ta`lim bo`limi mas’ullari ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Sirg‘ali tumani, Quruvchilar mahallasida joylashgan 305-maktab yoshlari bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni TDIU Pendidikan xalqaro qo`shma ta`lim bo`limi boshlig‘i S. Shukrullayeva soʻz olib, “Ma’rifat ulashib” loyihasi butun respublikamizda amalga oshirilyotganini aytib o’tdi. Ushbu loyiha asosida bugungi kungacha ham universitetda “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Munozara” debat bellashuvlari, adiblarning hayotiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazdik. Bugun maktab o‘quvchilari adiblarimiz bilan uchrashdi. O‘ylaymanki, ijodkorlardan olgan ma’naviy ozuqa yoshlar qalbida uzoq yillar saqlanib qoladi. Zero, kitob o‘qishga, adabiyotga qiziqqan, ijodga mehr qo‘ygan talabalardan hech qachon yomonlik chiqmaydi.
Tadbirning asosiy qismida o‘quvchilar bilan suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar ham o‘z she’riy va badiiy chiqishlari bilan davraga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. O‘quvchilar adabiyot, san’at va madaniyat haqidagi savollarga ustozlar tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ochiq muloqot orqali ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kelajak hayotiga nisbatan yanada ijobiy motivatsiya oldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga kitoblar, esdalik sovg‘alar va tavsiya etilgan materiallar topshirildi.
Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, maqsadli yashashga undash va sog‘lom dunyoqarash shakllanishiga xizmat qiladi. Kelgusida ushbu amaliyot muntazam ravishda davom ettiriladi.