TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI- PENDIDIKAN XALQARO QO‘ShMA TA’LIM DASTURI BO‘LIMI TALABALARI “AMIR TEMUR” MUZEYIGA TASHRIFI

Muzeylar ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat va muhabbat uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.
2022 yil 12 dekabr’ kuni bo‘limimiz 30 nafar talabalari, t’yutor S.Shukurullaeva va katta o‘qituvchisi D.Xodjaeva Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdi.
Muzeyning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar davrida ilm – fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qo‘lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Eksponatlarning soni esa 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “O‘zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal’a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri – rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar va yozuvchilar nazarida” kabi ko‘rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda.
Talabalar o‘zlari qiziqgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va katta tassurot bilan qaytishdi.