O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli qonuniga muvofiq, 11-noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni sifatida belgilandi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 5,5 million a’zoni o‘z ichiga olgan 14 tarmoq kasaba uyushmasi tarkibida 32,5 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotni, jumladan, 2,5 million nafar xotin-qiz va 2 million nafardan ortiq 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni birlashtirgan. Shu munosabat bilan joriy yilda ham, joylarda tadbirlar, musobaqa hamda zakovat intellectual o‘yinlari tashkil etildi.
Shu jumladan, 2024-yil 9-noyabr kuni TDIU 7-bino sport zalida hamda TDIUning Uchtepa tumani, kichik xalqa yo’li 3-uyi (sobiq Fiskal instituti) sport zalida jami 12 ta jamoa “A” va “B” guruhlari o’rtasida voleybol bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
“A” guruhida 6 ta jamoa ortsida o’tkazilgan musobaqa natijasida 2 ta komanda, ya’ni “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” komandasi 1-o’rin bilan hamda “Qo’shma ta’lim” komandasi 2-o’rin bilan yarim final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar. “B” guruhlari o’rtasida o’tkazilgan musobaqada esa, “Sanoat texnologiyalri” komandasi 1-o’rin bilan hamda “Turizm” komandasi 2-o’rin bilan yarim final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
2024-yil 16-noyabr kuni yarim finalga chiqqan komandalar o’rtasida 1,2,3,-o’rinlar uchun musobaqalar o’tkazildi.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayol professor-o’qituvchi va xodimlar o‘rtasida voleybol musobaqasi bo’lib o’tdi.
Har bir fakultet xotin-qizlar kengashi raislari aloxida o’yinda qatnashdilar va munosib o’rinni egallashdi.
🏆 1-2-3 o’rinni qo’lga kiritgan jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
Musobaqa davomida jamoalar tarkibida faol ishtirok etgan ayol professor-o’qituvchi va xodimlar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.