Unda hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi. Xususan, fakultetlarda talabalar davomati va ijro intizomi, professor-o‘qituvchilarning dars berish sifati bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari va ulardan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risidagi muammolar yuzasidan universitetning Akademik faoliyat bo‘yicha
prorektori M. Eshov ma’lumot berdi.
Bundan tashqari, 2023-2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari hamda fan sillabuslarini ekspertizadan o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
TDIU “Hemis” tizimining hozirgi holati va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, qolaversa, 2022-2023-o‘quv yili 4-kurs talabalarining 7-8 semestri bo‘yicha yakuniy nazorat natijalari ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Muammo va kamchiliklar bartaraf etilishi uchun mas’ullarga tegishli tavsiyalar va vazifalar berildi.