Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Tadbirlar bo‘limi boshlig‘i shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxodat Isaxonova hamda Gulbahor Jumaeva, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti dotsenti, tarjimon Begoyim Xolbekovalar Alisher Navoiyning hayoti va ijodi hamda o‘zidan qoldirgan boy adabiy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy dasturlar namoyish etildi va ishtirokchi sifatida taklif etilgan 90 nafar talabalar Alisher Navoiyning ijodiy merosi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.