Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlar siyosatida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yoshlarning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun muhim poydevor bo‘ldi hamda yoshlarimizning munosib hayot kechirishi, ularning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, yoshlarning jo‘shqinligi va shijoati mamlakat taraqqiyotida beqiyos kuchdir. Ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, kelajakka ishonchini oshirish azaliy an’ana va qadriyatlarning umrboqiyligini ham ta’minlaydi.
Aytish joiz, yurtimizda aynan yoshlar masalasiga e’tibor davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Shu bois, TDIU-Pendidikan xalqaro qo`shma ta`lim bo`limi maruzalar zalida Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha bo`lim boshlig`i o‘rinbosari I.Sayfullayev, assistent I.Raxmonberdiyev va bo’lim tyutori N.Tadjibayevalar tomonidan “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha bo`lim boshlig`i o‘rinbosari I.Sayfullayev ochib “Ma’lumki, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasida bilim olish, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallashga e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda yoshlarnig zamonaviy bilim va tafakkur egalari bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban yoshlarimiz bilim va hunarlarni hamda ona tilimiz bilan birga xorijiy tillarni ham puxta egallab, kelgusida bor kuch g‘ayratlarini barchamiz uchun muqaddas bo‘lgan Vatanimiz ravnaqi uchun sarflashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.