Bugun TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim bo‘limi maruzalar zalida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil mamlakatimizda Mustaqillik kuni ayni shu bosh g’oya negizida nishonlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qarorida ta’kidlanganidek, «Mustaqil taraqqiyot yo’lidagi keng ko’lamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda». Prezidentimizning Mustaqillik bayramini nishonlashga bag’ishlangan mazkur qarorida mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan, Konstitutsiyamizning yangi tahrirda qabul qilinishi el- yurtimiz Yangi O’zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi, deya e’tirof etilgani bejiz emas.
Davra suhbatini TDIU-Pendidikan qo‘shma ta’lim bo‘limi boshlig‘i S.Yangiboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi “O‘zbekiston Mustaqillikka erishgan kun haqida gap ketganda, Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yozildi, deb ta’kidlangani bejiz emas, albatta. Chunki u bizga milliy o‘ziga xosligimizni, e’tiqodimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat hamda an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida xalqimiz qalbining eng to‘ridan joy olgan” deb ta`kidlab o`tdi. So`z navbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari s.f.d., prof. Jurayev Qodir Asadovichga berildi, “Ma’lumki, istiqlol qo‘lga kiritilgandan keyingi davr mobaynida elimizning birdamlik bilan qilgan fidokorona mehnatlari milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari yangi qiyofa kasb etdi va eng muhimi, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida e’tirof qilinib, o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.