Yoshlar va deputat uchrashuvi

2024-yil 19-dekabr kuni “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti Azamjon To‘laboyev tashabbusi bilan “Yoshlar va deputat uchrashuvi” Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 6-sonli talabalar turar joyida tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamajonov Jahongir Dehqonovich ishtirokida “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mavzusida davra suhbati shaklida o’tkazildi.

Tadbirda talalabarga milliy qadryatlarimiz asoslari, milliy merosimizni anglash, uni asrash va kelajak avlodga yetkazish masalalari. Zamonaviy dunyoda umumbashariy qoidalar, milliylik, til, din va vijdon erkinligi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek milliy parlamentimizda qabul qilinayotgan qonunlar va ularda yoshlarning o’rni hamda “Yoshlar parlamenti” faoliyati bo’yicha talabalar qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.