21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

2023-yil 21-oktabr. 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy toifali suhandonlar Nasiba Ibragimova hamda Muslimbek Yo‘ldoshev ishtirok etib, bugungi kunda yoshlar o’rtasidagi o’zbek tili nutq madaniyati haqida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, yozuvchilar uyushmasi a’zolari ham ishtirok etib, o’zlarining adabiy nutq, omma oldida so‘zlash borasida fikr-mulohazalarini aytib o’tdi.
Tadbir so’ngida universitetda oliy toifali diktor Nasiba Ibragimova tomonidan mahorat darslari tashkil qilish haqida kelishib olindi.
Shundan so‘ng, navbat tadbirning badiiy qismiga berildi. Badiiy qismda talabalar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar o‘qilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazkur tadbir munosabati bilan TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari o‘rtasida “Diktantlar tanlovi” o‘tkazildi. Tanlovda 31 nafar talaba ishtirok etdi.