Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion haftaligi doirasida “Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressi” boʻlib oʻtmoqda.
Maqsad xorijiy va mahalliy mutaxassislar, iqtiqdorli yoshlar, ishtirokchilar oʻrtasida qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkam qilish, ilmiy-innovatsion startaplar sohasida fikr almashish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan iborat.
Mazkur nufuzli xalqaro kongressda tashkilot a’zolari sifatida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya hamda Oʻzbekiston davlatlari, kuzatuvchi davlatlar sifatida esa Turkmaniston, Vengriya davlatlarining innovatsiya va ta’lim vazirliklari vakillari, iqtidorli yoshlar, yosh startapchilar ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 50 dan ziyod iqtidorli talabalari mazkur nufuzli haftalikda volontyor sifatida ishtirok etmoqda.