Blog

2024-yil 18-yanvar kuni TDIU-Pendidikan xalqaro qoʻshma taʼlim dasturi boʻlimi xodimlari Toshkent shahar Yashnobod tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi tasarrufidagi 30-Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilarga oʻz sovgʻa-salomlarini yetkazdilar.

Shu bilan birga, boʻlim aʼzolari va talabalar Mehribonlik uyining 30 ga yaqin tarbiyalanuvchisi, oʻqituvchi va tarbiyachilari, rahbariyati ishtirokida davra suhbati oʻtkazdilar. Tarbiyalanuvchilarning kelajak rejalari va orzulari toʻgʻrisida ham suhbat qurildi. Ushbu taʼlim-tarbiya maskaniga tashrif buyurgan boʻlim xodimlari, universitetning talabalari ham Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishdilar. Tadbir davomida bolalar oʻzlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga […]

Universitetimizda vatanparvarlik haftasi doirasida “Harbiy sport o’yinlari” o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari munosib ishtirok etishdi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy sport o’yinlari o’tkazildi. Murosasiz va bir-biridan qiziq shartlar bilan ajralib turgan musobaqa qizg’in muhokamalarga sababchi bo’ldi. Harbiy sport o’yinlarida sovrindor bo’lgan fakultetlar: 1-o’rin Xalqaro turizm fakulteti (5.000.000 so’m pul […]

2024-yil 11-yanvar. TDIUda “Talabalarni qishki ta‘tildan kutib olish” shiori ostida osh damlab, TTJ talabalariga tarqatildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari 2023-2024-o‘quv yilining qishki taʼtilidan qaytdi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun universitet tomonidan “Talabalarni qishki taʼtildan kutib olish” shiori ostida o‘zbek milliy taomi – osh damlab, tarqatildi. 1600 dan ortiq talaba-yoshlar talabalar turar joyiga ta’tildan a’lo kayfiyatda qaytib kelib, joylashdi

Book Club tomonidan tashkil etilgan “Qishki ta’til bilimdoni-Zukko kitobxon” testi o‘tkazildi.

Unda TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi talabalari ham faol qatnashdilar. Unda 135 nafar ishtirokchi o’z bilimlarini sinab ko’rishdi. Ishtirokchilar 1-bosqichda faollik bilan testlarni yakunladilar va eng faol 16 ta ishtirokchi 2-bosqichga o’tdi. Juda ham murosasiz kechgan bu bahsda 2-bosqich ishtirokchilari o’zaro bellashdilar. Natijalar quyidagicha: 1- Ko’charboyev Nurhayot, BDA-28 Biznes boshqaruv fakulteti 2-Xodiyeva Ozoda IRB-75, Iqtisodiyot […]

TDIU professor-o‘qituvchi va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida TDIU-Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi o‘qituvchi va xodimlari ham faol qatnashdilar.

Universitet Kasaba uyushma qo’mitasi hamda Sport va sog’lomlashtirish markazi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan universitetimiz professor-o’qituvchi va xodimlari o‘rtasidagi shaxmat musobaqasi g’oliblari aniqlandi. Erkak professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida: 1-o‘rin — “Yashil” iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi dotsenti Ismailov Akmal Maxsudovich 2-o‘rin — Jahon iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Tursunov Husnidin Tolliboyevich 3-o‘rin — “Yashil” iqtisodiyot va barqaror […]

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Unda universitet rektori professor Qoʻngʻirotboy Sharipov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor professor Mansur Eshov, fakultet dekanlari va boshqa mas’ullar, 400 nafarga yaqin talaba ishtirok etmoqda. Talabalar asosan yil davomida erishilgan yutuqlar, oʻquv jarayonida yechimini kutayotgan ba’zi masalalar borasida fikr va takliflarini bildiryapti. Rahbariyat mazkur masalalar yechimi yuzasidan atroflicha javob berdi.

2023-yil 17-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Biznes boshqaruvi” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi I. Yaxyayeva talaba-qizlar bilan manzilli ishlash grafigi asosida universitetning 3- sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talaba-qizlarning yashash sharoitlari va mavjud muammolar o‘rganildi. Suhbat davomida talaba-qizlarga universitetning odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, texnika xavfsizligiga, tozalik va ozodalikka e’tibor berishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

2023 yil 15-dekabr sanasida professor o’qituvchilar: S.Boltayeva, SH.Abdimuradova va IAC-76 guruh talabalari I. Karimov muzeyiga tashrif buyurishdi.

Bu shaxsning mustaqil O’zbekistonimizni shakllanishiga taraqqiy etishi uchun qilgan say -harakatlarini talabalarga kengroq va chuqurroq anglatish, shunday shaxslarga munosib avlodlarni shakllantirishda ajdodlar ruhiga muhabbat uyg’otishga bag’ishlangan tashrifimiz talabalar ongida olam-olam taassurot qoldirdi. Bu mezeyda Islom Karimovning hayot yo’li yoritib berilgan rasmlar, portretlar, haykallar joylashgan. Bularning har birida bu shaxsning naqadar insoniy sifatlarga boyligi, haqiqiy yurtning […]

2023 yil 15-dekabr Xalqaro amaliy fanlar universiteti professori Zeljko Sevic taklif qilindi va u tomonidan “Nutrition policy in Indonesia” mavzusidagi ilmiy master klass bo`lib o`tdi.

Unda yig‘ilganlar Indoneziya hukumati, mamlakatning boshqaruv organlarini modernizatsiya qilish, innovatsiyalarni rivojlantirish va xalqaro bozorda oziq-iqtisodiy sanoatga kirishni rag’batlantirish salmoqli, muhim ekani haqidagi ma’ruzalardan bahramand bo‘ldilar. Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar yangilangan ndoneziya oziqlanish siyosati hozirgi zamonning tashqi va iqtisodiy muammosi mamlakatlar uchun katta bir muddatda muhimdir. Bu jarayonning mamlakat uning oziqlanish siyosati va strategiyasi asosida rivojlantirilishini […]